Ofitsiant planshetdan buyurtma oladi, oshxona printeri o‘z bo‘limini chiqaradi, kassa stolni yopadi — kunning savdosi esa telefoningizda.
Qog‘oz, qo‘l bilan yozish va “kim qaysi stolni oldi” degan savollarsiz.
Planshet yoki telefonda stolni tanlaydi, taomlarni qo‘shadi.
Har bo‘lim — o‘z printeriga: shashlik bir joyga, salat boshqasiga.
Xizmat haqi qo‘shiladi, naqd yoki karta bilan yopiladi, chek chiqadi.
Savdo, xarajat va smena natijasi darhol tizimda va Telegramda.
Kichik kafedan katta zalgacha — har bir xodim faqat o‘z ishini ko‘radi.
Tizim serverda ishlaydi: restoranga kirmasdan, uydan yoki safardan savdoni ko‘rasiz. Kompyuter buzilsa ham ma’lumot joyida qoladi.
Yozing — tizimni ko‘rsatamiz, restoraningizga moslab sozlaymiz va xodimlarni o‘rgatamiz.